Kerakli masalliqlar:
- 1 dona katta Baqlajon(uzunasiga kesilib qovurib olingan)
- 2 dona sarimsoq
- 1 dona sabzi
- 1 dona pomidor
- 1dona piyoz (o'rtacha)
- 1dona bolgar qalampiri(manda yarim katta bo'lgani uchun)
- ko'katlar
- tuz
- qora murch
Tayyorlanishi:
1. Baqlajon, pomidor, piyoz,
bolgar qalmpiri katta somoncha qilib to'g'raymiz.
Sabzini koreys
qirg'ichida randalaymiz yoki qo'lda o'zimiz mayda uzun qilib to'g'rab olamiz.
Ko'katlarni mayda to'g'raymiz.
2. Sabziga tuz va murchni solib yaxshilab ezamiz.
3. Mana bunday me'yorga yetguncha
4. Qolgan masalliqlarniyam sabziga qo'shib, ozgina sirka solamiz
va yengil aralashtiramiz
5. 45 minut - 1 soatcha muzlatkichga qo'yamiz va ochiq ishtaxa! :)
No comments:
Post a Comment